Kuni kecha o‘tkazilgan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz yoshlari bilan muloqotlarini tomosha qilar ekanman, bu kun O‘zbekiston yoshlari uchun tarixiy sana bo‘lib qoldi. Boisi prezidentimiz tomonidan tashkil etilgan uchrashuvdagi qarorlar biz ayol- qizlarni ham juda xursand qildi. Yoshlarni qo‘llab quvvatlashga qaratilgan bu muhim uchrashuv kutganimizdan a’lo o‘tdi.
Ayniqsa davlatimiz rahbarining ayol-qizlarga yuksak e’tiborlari bugungi kunda ayol-qizlar hayotini tubdan o‘zgartirmoqda desam adashmagan bo‘laman. Oliy ta’limlarda tahsil olishlari, ziyoli kadr bo‘lib jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi bilan birgalikda kelajak avlodni yuksak ma’rifatli, madaniyatli qilib tarbiyalashda bu e’tibor katta zamin yaratadi.
Prezidentimizning “Men bir hayotiy fikrni takrorlashdan charchamayman:bitta qizni o‘qitsak butun oilani o‘qitgan bo‘lamiz.Oila bilimli,ma’rifatli bo‘lsa, butun jamiyat bilimli, ma’rifatli bo‘ladi. Bu boradagi ishlarni yanada jadal davom ettiramiz” degan fikrlari biz ayollarni yanada ilm olishimizga qanot bo‘ldi. Ayol qizlar uchun 5-yilga foizsiz 7 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit olish bu juda katta imkoniyatlar eshigini ochdi. Ushbu oqilona olib borilayotgan islohotlar natijasida xotin-qizlarga kontrakt to‘lovlari davlat tomonidan qoplab berilayotgani hisobiga talaba qizlar soni 11 karra ko‘payganligi yaqqol misoldir.
Davlatimiz rahbarining ayollar uchun berilayotgan bu yuksak e’tibor va e’tiroflari biz ayol-qizlarga yanada o‘ziga bo‘lgan ishonch va faxr tuyg‘usini berar ekan, yosh avlodni ma’rifatli, madaniyatli qilib tarbiyalashda, zamonamiz To‘marisi, Uvaysiy-u Nodirabegimlar izidan borishga va’da beramiz.
Gulhida ABDURAXMONOVA,
Biotexnologiya fakulteti tyutori.