14-fevral kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot o‘tkazib, ta’lim, bandlik va tadbirkorlik bo‘yicha muhim tashabbuslarni ilgari surdi. Talabalar uchun oliy ta’lim qamrovi kengayib, kontrakt to‘loviga yordam va foizsiz ta’lim kreditlari ajratilishi quvonarli yangilik bo‘ldi.
Shuningdek, startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash uchun katta mablag‘ ajratilishi, xorijiy tillar va IT sohasi bo‘yicha imkoniyatlar kengaygani yoshlar kelajagi uchun muhim.
Talaba sifatida bu tashabbuslar bizning bilim olishimiz va kelajakda mustaqil faoliyat yuritishimiz uchun katta turtki bo‘lishiga ishonaman. Biz, yoshlar, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, Vatanimiz ravnaqiga hissa qo‘shishimiz lozim.
Rasulbek BAXTIYOROV
Tabiiy fanlar fakulteti talabasi