YOSHLAR VATANIMIZNING, XALQIMIZNING OLTIN FONDI!

Kuni kecha O‘zbekiston yoshlari uchun tarixiy zarvaraqlarga bitiladigan kun bo‘ldi, boisi muhtaram prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan juda katta yangiliklar, qarorlar qabul qilindi. Bularni hammasi biz yoshlarni farovon hayoti uchun, O‘zbekistoning kelajagi uchun eng yaxshi kadrlar bo‘lib yetishib chiqish uchun qaratilgan fikrlar bo‘ldi.

Qolaversa 2025-yil "Yoshlarni ishsizligiga barham berish yili" deb e’lon qilingani bu har bir yoshni taqdiriga befarq qolmasligini yana bir bor isbotladi.

Yoshlar Prezidentga o‘z minnatdorchiligini, takliflarini bildirib o‘tdilar. Qiziq va tarixiy voqealarga boy tarzda bo‘lib o‘tgan ushbu uchrashuv biz yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Yurtboshimizning: "Yoshlar — O‘zbekistonning oltin fondi"- deya ishonch bilan aytgan so‘zlari biz yosh avlodga yuksak motivatsiya bag‘ishladi. Men o‘ylaymanki, uchrashuvdan katta maqsadlar bilan chiqqan biz, yoshlar bildirilgan ishonchni oqlash va bu yo‘lda tinimsiz izlanishga intilamiz!

Shodiyona UMARALIYEVA

Biotexnologiya fakulteti

Biologiya yoʻnalishi 3-bosqich talabasi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image