YOSHLARGA E’TIBOR  YUKSAK MAS’ULIYAT DEMAKDIR

Kecha Davlatimiz rahbari  O‘zbekiston yoshlari bilan bilan muloqot o‘tkazdi. Mazkur muloqotni  ko‘rib, Prezidentimizning  sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat deya  degan fikrlari ko‘z o‘ngimda namoyon bo‘ldi.

Bugun Yangilanayotgan O‘zbekistonimiz tarixiy taraqqiyot yo‘lida jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga alohida e’tirof sifatida  yoshlar masalasiga davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor berilmoqda.

Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda.Ayniqsa  oxirgi saylovda yoshlarning ikki nafari Qonunchilik palatasiga, 250 nafari kengashlarga deputat bo‘lib saylangani barcha yoshlarimizni yanada quvontirdi.

Muloqot davomida jismonan sog‘lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish,  o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va ro‘yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish masalalariga alohida e’tibor berilganligini ko‘rish mumkin.

Mazkur muloqot va unda Davlat rahbari tomonidan ko‘tarilgan masalalar o‘z o‘rnida bugun kun yoshlariga ulkan mas’uliyat va vazifalar yuklaydi.

Bu vazifalarni bajarishda barchamiz birdek mas’ulligimizni his qilmog‘imiz lozim.

Ruzimat JO‘RAYEV,

Yuridik fakulteti dekani,

siyosiy fanlar doktori, professor

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image