Ta’lim tizimida intellektual salohiyatga ega, iqtidorli yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilmoqda

Kambag‘allikdan chiqishning eng samarali yechimi ham – bu ta’lim. Shu bois bunday oilalar farzandi foizsiz ta’lim krediti, qo‘shimcha grant, shartnoma to‘loviga yordam orqali o‘qishga rag‘batlantiriladi. Bilimga chanqoq, lekin oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – “Yorqin kelajak” loyihasi joriy etiladi.Prezidentimizning ijtimoiy holati cheklangan iqtidorli yoshlarga berayotgan imkoniyatlari bu yoshlar uchun katta motivatsiya va kelajakda yetuk shaxs sifatida kamol topishida juda muhimdir.

Yoshlar agentligi xorijda o‘qiyotgan har bir talabaga bosh-qosh bo‘ladi. Bilimli yigit-qizlar dunyoning “Top-100” oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi. Chet elda o‘qib kelganlar milliy kadrlar zaxirasiga kiritilib, davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.

Bundan tashqari, reytingi yuqori xalqaro universitetlarda ilmiy daraja olgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlarga uy-joy uchun 10 yil muddatga 800 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratiladi. Nufuzli xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib va sovrindor bo‘lganlar uchun bir martalik pul mukofoti miqdori 5 karra oshiriladi. Energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari ko‘paytiriladi.

Harbiy bilim yurtlarining namunali tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etiladi. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab o‘quvchilar o‘rtasida muhandislik olimpiadalari va tanlovlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yiladi. G‘olib bo‘lgan bitiruvchi yoshlar texnika oliygohlariga grant asosida o‘qishga kiradi.Mana  shunday yaratilgan berilgan imkoniyatlardan biz yoshlar foydalanib yurtboshimizning bizga bergan ishonchlarini oqlaymiz.

Asadbek MIROLIMOV

Biotexnologiya fakulteti  talabasi

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image