Iqtisodiyot fakultetining iqtidorli talabalari bilan ilmiy seminar tashkil etildi.

Mazkur uchrashuvda fakultet dekani A.Baratov, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi boshlig'i M.Habibullayev, fakultet mas'ullari hamda nomli davlat stipendiyalari sohiblari va faol talabalar ishtirok etishdi.

Seminar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan talabalar tomonidan "muvaffaqiyat sirlari" shiori ostida fikr-mulohazalar ulashildi.

Shuningdek, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limining  ilmiy-strategik maqsadlari, turli xil respublika va xalqaro tanlovlar, fan olimpiadalari hamda universitetda talabalar uchun yaratib berilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida ma'lumot berib o‘tildi.

Seminar yakunida, Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo'limi va Iqtisodiyot fakulteti o‘zaro hamkorlikda faoliyat samaradorligini yanada oshirish boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi.

Talabalar tomonidan berilgan savollar o‘z javobini topdi, taklif va tashabbuslar inobatga olindi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image