Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 19-noyabrdagi kengaytirilgan yig‘ilishining 93-son bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, vazirlikning 2025-yil 19-martdagi 111-sonli buyrug‘i bilan tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan joriy yilning 12-aprel kuni Namangan davlat universitetida tashkil etilgan “Registrator ofisi” faoliyati o‘rganildi.

CI4A3157.JPG

 Mazkur o‘rganishda “Registrator ofisi”ni tashkil etish boʻyicha me’yoriy hujjatlarni mavjudligi, talabalarga ko‘rsatayotgan xizmatlar va funksional vazifalarining "Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi" loyiha ofisi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi qarorlariga mosligi tahlil qilinib, kundalik faoliyatda hujjatlarning yuritilishi, HEMIS bilan integratsiyasi va akademik jarayonlarni monitoring qilish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.

CI4A3180.JPG

 Registrator ofis  faoliyatini yanada samarali va sifatli qilish maqsadida raqamli platformalarni kengaytirish, statistik ma’lumotlarni avtomatik yig‘uvchi va tahlil qiluvchi dasturiy modullar ishlab chiqib amaliyotga joriy etish orqali bo'lim faoliyati samaradorligini monitoring qilib borish hamda kelgusida qilinishi muhim bo‘lgan vazifalar taklifi kiritildi.

CI4A3211.JPG CI4A3176.JPG

 

 

 

image

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image