Namangan davlat universiteti rektori Abdug’affor Kirgizbayev oliy ta’lim muassasalari 4-bosqich (bitiruvchi) talabalari o‘rtasidagi «Informatika va axborot texnologiyalari» fanidan Respublika fan olimpiadasida faxrli 3-o‘rinni egallab magistratura bosqichiga imtiyoz asosida o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritgan Fizika-matematika fakulteti, Amaliy matematika yo‘nalishi talabasi Tursunov Muhammadmirzo Soxibjon o‘g‘li bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda fakultet dekani, kafedra mudiri hamda talabaning ilmmiy rahbari ishtirok etdi.

Universitet rektori Tursunov Muhammadmirzoni kelgusi faoliyatiga omad va zafarlar tilab, barcha talabalarga yuksak natijalarga erishishlari uchun universitet rahbariyati doim qo‘llab-quvvatlashini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

image

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image