Namangan davlat universitetida yakuniy davlat attestatsiyalari o‘tkazilmoqda
- Homepage
- Information service
- News
- Namangan davlat...
- 14.06.2025
- 12:02
- 827

Namangan davlat universitetida 2024/2025 o‘quv yili yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari boshlangan bo‘lib, hozirda bitiruvchi bosqich talabalari o‘z bilim va ko‘nikmalarini namoyon etishmoqda.
Mazkur attestatsiya jarayonlari doirasida talabalar o‘z ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha test sinovlarida, yozma ishlar hamda bitiruv malakaviy ish himoyalarida ishtirok etishmoqda. Bu jarayonlar talabalarning bakalavriat bosqichida egallagan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, ularning mustaqil tahlil qilish, ilmiy izlanish olib borish va kasbiy faoliyatga tayyorligini baholashda muhim bosqich hisoblanadi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari universitetda belgilangan tartib-qoidalarga muvofiq, ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida, tegishli komissiyalar ishtirokida tashkil etilmoqda. Jarayon davomida talabalar bilan munosabatlarda adolat, xolislik va obyektivlik prinsiplariga qat’iy amal qilinmoqda.
Attestatsiya jarayonlarini onlayn rejimda kuzatib borish imkoniyati ham yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, https://www.youtube.com/mrmelhay/streams manzili orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin!
Namangan davlat universiteti jamoasi barcha bitiruvchi talabalarga yakuniy imtihonlarda muvaffaqiyat, mustahkam bilim, dadillik va ulkan zafarlar tilab qoladi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati