“Dolzarb 90 kun” doirasida Norin tumanida mazmunli tadbir tashkil etildi

Namangan davlat universiteti Biotexnologiya fakulteti ta’lim-tarbiya maslahatchisi G.Abduraxmonova tashabbusi bilan Norin tumani 27-umumta’lim maktabida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida bolajonlar uchun quvonchli va mazmunli tadbir tashkil etildi.

Tadbir davomida shaxmat va shashka musobaqalari, qo‘l mehnatlari ko‘rgazmalari, “Quvnoqlar va zukkolar” o‘yini hamda sport musobaqalari o‘tkazildi. Barcha ishtirokchilar tadbirlarda katta qiziqish va ko‘tarinki ruhda qatnashib, o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi.

Mazkur tadbir bolalar orasida do‘stona muhitni shakllantirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ijodiy, jismoniy hamda intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qildi. Tadbir ishtirokchilarda iliq taassurotlar qoldirdi.

photo_2025-07-08_10-59-00.jpgphoto_2025-07-08_10-59-01.jpgphoto_2025-07-08_10-59-02 (2).jpg

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image