Mirxakimova Feruza Xoldorjon qiziga tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi

Namangan davlat universiteti San’atshunoslik kafedrasi o‘qituvchisi Mirxakimova Feruza Xoldorjon qizi «O‘zbekiston tarixini o‘rganishda memorial va uy-muzeylarining ahamiyati» mavzusidagi tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.02/09.07.2020. Tar.70.03 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning 2025 yil 9 iyul kuni soat 10:00 dagi majlisida 100 foiz ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.

Universitet jamoasi nomidan Feruza Mirxakimovani ushbu muvaffaqiyat bilan qutlab, mustahkam sog‘lik, ilm yo‘lida katta zafarlar tilaymiz.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image