Namangan davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili qabuli uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlarning ikkinchi kuni yakunlandi.

Namangan davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning birinchi kuni yakunlandi. Ma’lumki, mamlakatimizning 52 ta oliy ta’lim muassasasida kasbiy (ijodiy) imtihonlar belgilangan tartib asosida tashkil etilmoqda. Namangan davlat universitetida esa 13 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2025-yil 8-iyuldan 14-iyulga qadar kasbiy (ijodiy) imtihonlar bosqichma-bosqich o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Namangan davlat universitetiga ushbu imtihonlarda ishtirok etish uchun yurtimizning barcha hududlaridan jami 631 nafar abituriyent hujjat topshirgan bo‘lib, ular tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ijodiy ko‘nikmalarini namoyon etadi. 9-iyul kuni bo‘lib o‘tgan imtihonlarning ikkinchi kunida Jurnalistika bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlar o‘tkazildi. Ushbu yo‘nalish bo‘yicha belgilangan 46 nafar abituriyentdan 44 nafari imtihonlarda ishtirok etdi, 2 nafari esa imtihonlarga kelmadi.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar universitet tomonidan oldindan ishlab chiqilgan tartib va reglament asosida, adolatli va shaffof tarzda tashkil etildi. Imtihonlarning yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida universitet rahbariyati tomonidan barcha zarur tashkiliy va texnik choralar ko‘rildi. Jumladan, ijodiy yo‘nalishlar bo‘yicha sinovlar moslashtirilgan auditoriyalar va ijodiy ustaxonalarda, san’at ta’limi uchun mo‘ljallangan maxsus jihozlangan xonalarda o‘tkazildi. Imtihon jarayonlarida ro‘yxatga olish, kuzatuv va monitoring tartiblariga qat’iy amal qilindi. Shu bilan birga, abituriyentlarning ota-onalari va hamrohlari uchun qulay kutish maydonchalari tashkil etilib, zarur shart-sharoitlar yaratildi.

Imtihon jarayonining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash maqsadida Namangan davlat universiteti tomonidan live.namdu.uz manzili orqali imtihonlarni onlayn tarzda kuzatish imkoniyati ham yaratildi. Bu ota-onalar va keng jamoatchilik uchun imtihonlar jarayonini bevosita ko‘rish, ishonchni oshirish hamda adolatli baholash tamoyillarini amalda kuzatish imkonini bermoqda.

Kasbiy (ijodiy) imtihonlar Namangan davlat universitetida belgilangan jadval asosida davom ettirilmoqda. Universitet bu jarayonlarni ochiq, adolatli va shaffof tarzda o‘tkazish, har bir abituriyent uchun teng imkoniyatlar yaratish tamoyiliga sodiq qolgan holda olib bormoqda. Imtihonlarning qolgan kunlaridagi natijalar va tafsilotlar universitetning rasmiy sahifalarida muntazam e’lon qilib boriladi.

photo_2025-07-09_09-52-21.jpgphoto_2025-07-09_09-52-27.jpgphoto_2025-07-09_09-52-29.jpgphoto_2025-07-09_09-52-32.jpgphoto_2025-07-09_09-52-35.jpg

photo_2025-07-09_09-52-38.jpgphoto_2025-07-09_09-52-41.jpgphoto_2025-07-09_09-52-44.jpgphoto_2025-07-09_09-52-46.jpgphoto_2025-07-09_09-52-49.jpg

0B1A3974.JPGphoto_2025-07-09_09-56-43.jpgphoto_2025-07-09_09-56-46.jpgphoto_2025-07-09_09-57-44.jpgphoto_2025-07-09_09-59-52.jpg

photo_2025-07-09_09-59-54.jpgphoto_2025-07-09_10-00-00.jpgphoto_2025-07-09_09-59-56.jpgphoto_2025-07-09_10-00-02.jpgphoto_2025-07-09_10-00-04.jpg

photo_2025-07-09_10-00-05.jpgphoto_2025-07-09_10-02-27.jpgphoto_2025-07-09_10-02-32.jpgphoto_2025-07-09_10-02-30.jpgphoto_2025-07-09_10-02-34.jpg

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image