Bugungi kunda universitetda 35 nafar fan doktorlari, professorlar, 228 nafar fan nomzodi va falsafa doktorlari, dotsentlar hamda 22 nafar ilmiy darajalarga ega bo‘lmagan ilmiy unvonlarga ega professor – o‘qituvchilar faoliyat olib boradi, ilmiy salohiyat 46,7 foizni tashkil qiladi.
Universitetning joriy yilgi maqsadli ko‘rsatgichlarida ilmiy salohiyatni 60 foizdan oshirish rejalashtirilgan. Shu munosabat bilan fakultetlar dekanlari va kafedra mudirlari ishtirokida fakultet va kafedralar kesimida hozirgi ilmiy salohiyat hamda yil oxirigacha belgilangan rejalar muhokama qilinib, izlanuvchilarga yaratib berilgan sharoitlar, muammolar va ularning yechimi har bir izlanuvchi darajasida muhokama qilindi.
Muloqot so‘ngida barcha fakultet va kafedralarga yil oxirigacha bajarilishi lozim bo‘lgan aniq rejalar belgilab berildi.