Magistratura mutaxassisliklariga qabul
— davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy my.edu.uz platformasi orqali 1-iyuldan 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.
Ikkinchi mutaxassislikka qabul
— ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
O‘qishni ko‘chirish
— davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar 15-iyuldan 5-avgustga (shu kuni ham) qadar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.