2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar onlayn topshirilmoqda.
🔹Shu oʻrinda, arizalar 2025-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi. Arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.
📝 Davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirishga ariza topshirayotgan talabgorlar elektron tizimlarga Akademik ma’lumotnoma (transkript) yuklashlari talab etiladi.
❌ Ushbu jarayonda ko‘plab talabgorlar akademik ma’lumotnomani (transkript) tasdiqlanmagan shaklini tizimga joylashlari ortidan onlayn arizalariga rad javobi berilmoqda.
✅ Yuqoridagi rasmda akademik ma’lumotnomani (transkript) tasdiqlangan hamda tasdiqlanmagan shakli keltirilgan.
❗️ Shu sababli, davlat OTMlariga o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlardan elektron tizimlar jumladan, respublikamizda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta’lim tashkilotlaridan o‘qishini ko‘chirayotgan talabgorlar yuqorida ko‘rsatilgan shakldagi akademik ma’lumotnomani (transkript) yuklashlari so‘raladi!
✅ Call markaz raqami: +998692395006
🏪 Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha.