Namangan davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili qabuli jarayonida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlar boshlandi.

Bugun, 26-iyul kuni Namangan davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari doirasida alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun kasbiy (ijodiy) imtihonlari boshlandi.

Imtihon jarayonlarining adolatli, shaffof va ochiq tarzda tashkil etilishi universitet jamoasi diqqat markazida. Shu maqsadda imtihonlar o‘tkazilayotgan barcha binolar to‘liq kuzatuv kameralari bilan jihozlangan. Abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha zaruriy qulayliklar yaratilgan, kutish joylari tashkil etilgan.

Imtihonlarni bevosita kuzatib borish imkoniyatini yaratish maqsadida https://live.namdu.uz platformasi orqali onlayn efir yo‘lga qo‘yilgan. Namangan davlat universiteti ushbu muhim jarayonni yuksak saviyada tashkil etish orqali iqtidorli yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image