Oʻzbekistondagi SHHT Xalq diplomatiyasi markazi bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilmoqda

Namangan davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti xorijiy tashkilotlar bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yish va mavjud hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash borasida tizimli ishlarni amalga oshirmoqda.
 
Joriy yilning 31-iyul sanasida Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani Sh.Xaydaraliyev hamda Tarix kafedrasi dotsenti N. G‘ofurov Toshkent shahridagi Shanxay hamkorlik tashkiloti Xalq diplomatiyasi markazi rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazdilar. 
 
Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va yanada chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, o‘zaro hamkorlik memorandumini imzolash, universitet qoshida Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatiga oid maxsus xonani tashkil etish, shuningdek, Xalq diplomatiyasi markazining viloyatdagi vakilliklarini yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.
 
Mazkur tashrif va muzokaralar fakultetda xalqaro tashkilotlar bilan ilmiy, madaniy va ma’rifiy yo‘nalishlarda hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, talaba va professor-o‘qituvchilarning xalqaro loyihalarda faol ishtirokini ta’minlashga xizmat qiladi.
 
Ijtimoiy fanlar fakulteti jamoasi kelgusida ham xalqaro sheriklik aloqalarini rivojlantirish, xalqaro tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yish va ilmiy-innovatsion loyihalarda faol qatnashishni maqsad qilgan.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image