Ish qidiryapsiz, lekin nimadan boshlashni bilmaysizmi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorlikda sizga bunday imkoniyatni taqdim etadi. 
 
Joriy yilning 24–31-avgust kunlari Bo‘stonliq tumanida tashkil etilayotgan “Karyera Oromgohi 2025” – bu 2- va 3-bosqich talabalari uchun mo‘ljallangan 7 kunlik bepul o‘quv oromgohi bo‘lib, sizga o‘z yo‘lingizni topishda amaliy yordam beradi.
 
Oromgohda sizni nimalar kutmoqda?
 
➡️Rezyume tayyorlash va intervyu ko‘nikmalari;
➡️Raqamli savodxonlik va shaxsiy brend;
➡️ Jamoada ishlash, muloqot va yetakchilik;
➡️Top kompaniyalar bilan jonli uchrashuvlar.
 
Ishtirokchilar soni chegaralangan. Tanlov asosida 200 nafar eng faol talaba tanlab olinadi.
 
 
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image