Mustaqillik farzandlaridan biri bo‘lgan, Namangan davlat universiteti Biologiya kafedrasi dotsenti To‘xtaboyeva Yulduzxon Abdusattorovna 2025-yil 20-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Botanika instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.B.39.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida o‘z dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Yulduzxon To‘xtaboyeva “Farg‘ona vodiysi eroziyalangan tuproqlari sianobakteriyalari va mikrosuvo‘tlarining taksonomik xilma-xilligi va biotexnologik potensiali” mavzusida, 03.00.05 – Botanika ixtisosligi bo‘yicha biologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan ishini 100 foiz ovoz bilan himoya qildi.
Mustaqillik tengdoshlari qatorida ulg‘ayib, bugun yurtimiz ilm-faniga salmoqli hissa qo‘shayotgan yosh olima Yulduzxon To‘xtaboyevaning ushbu yutug‘i yurtimiz ta’lim va fan sohasidagi yutuqlarning yorqin ifodasidir.
Universitetimiz nomidan Yulduzxon Abdusattorovnani ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati