Namangan davlat universitetiga 2025/2026 o‘quv yili uchun Yurisprudensiya yo‘nalishiga ikkinchi va undan keyingi oliy ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish sinovlari 26-avgust kuni soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi.
Ushbu yo‘nalishga hujjat topshirgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligining Namangan viloyatidagi binosida test topshiradilar.
Manzil: Davlatobod tumani Yuksalish mavzesi “Tadbirkor” MFY 92-uy
ESLATMA: Abituriyentlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID karta) bilan belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari so‘raladi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati