Namangan davlat universitetining 2000 o‘rinli o‘quv binosi foydalanishga topshirildi

Tantanali tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxonov, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov, oliy ta’lim muassasalari rektorlari, hamkor tashkilotlar vakillari, faxriy professor-o‘qituvchilar va universitet jamoasi ishtirok etdi.

Tadbirni Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzaqov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Sarvarxon Buzrukxanov, Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev ochib berdi. 

So‘zga chiqqanlar tadbir ishtirokchilarini mustaqilligimizning 34 yilligi bilan samimiy tabriklab, yurtboshimiz tomonlaridan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, ayniqsa ilm-fan va ta’lim sohasiga qaratayotgan e’tiborlari hamda g‘amxo‘rliklarini ta’kidladilar.

Shuningdek, mazkur muhtasham o‘quv binosini belgilangan muddatda va yuqori sifat bilan barpo etib, foydalanishga topshirgan “Bunyodkor Mubosher” MChJ jamoasiga samimiy minnatdorlik bildirildi.

Shundan soʻng, mehmonlar oʻquv binosida yaratilgan sharoitlar hamda imkoniyatlar bilan tanishdilar. 

Maʼlumot uchun, 91,2 mlrd so‘mlik sarmoya asosida qurilgan ushbu zamonaviy maskanda, 2000 o‘rinli o‘quv auditoriyalari, ma’ruza zallari, zamonaviy laboratoriyalar, 400 o‘rinli anjumanlar zali hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan xonalar mavjud.

Shuningdek, ushbu maskanda ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari, startap markazlari va talabalarning kreativ g‘oyalarini amalga oshirish uchun texnopark faoliyati yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image