Namangan davlat universitetida masofaviy ta’lim shakliga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Namangan davlat universitetida 2025/2026 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha masofaviy ta’lim shakliga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida masofaviy ta’lim shaklini joriy etish tartibi, uning o‘quv jarayonidagi afzalliklari hamda talabalarga yaratilgan qulayliklar haqida batafsil ma’lumot berildi. Masofaviy ta’lim jarayoni to‘liq elektron platforma orqali tashkil etilishi, dars jadvali, topshiriqlar va nazorat ishlari bilan tanishish tartibi haqida maxsus taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, masofaviy ta’lim shaklida o‘qishga qabul qilingan talabalar uchun belgilangan majburiy shartlar eslatib o‘tildi. Jumladan, talaba o‘quv jarayoni boshlanishidan avval masofaviy ta’limni boshqarish bo‘yicha dasturiy ta’minot (LMS platformasi)da ro‘yxatdan o‘tish uchun oliy ta’lim tashkilotiga shaxsan tashrif buyurishi shart ekani alohida ta’kidlandi. Mazkur bandda belgilangan vazifalarning ijrosi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Uchrashuv yakunida talabalarning huquq va majburiyatlari, baholash tizimi, imtihonlar hamda masofaviy ta’lim jarayonida samarali ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Mazkur uchrashuv yangi qabul qilingan talabalarga o‘quv yilini yuqori darajada, to‘liq tayyorgarlik bilan boshlashga, hamda masofaviy ta’lim imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishga mustahkam zamin yaratdi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image