Tadbirda universitet profilaktika inspektori Dilmurod Karimov, fakultet dekani o‘rinbosari Shaxzodbek Rustamov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Muloqot davomida bugungi kunda talaba-yoshlar o‘rtasida uchrayotgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlari, ularning kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilindi.
Shuningdek, bunday salbiy holatlarning oldini olish, profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish va talabalar o‘rtasida huquqiy madaniyatni oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Muloqot jarayonida ishtirokchilar jinoyatchilikning oldini olishda oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligining ahamiyati muhimligi haqida fikr almashdilar. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berib, mutaxassislardan amaliy tavsiyalar oldilar.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati