Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev ishtirokida universitetning birinchi va ikkinchi bosqich doktorantlari, ularning ilmiy rahbarlari hamda tegishli kafedra mudirlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida universitetda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, yosh olimlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ilmiy salohiyatni oshirish masalalari muhokama qilindi. Doktorantlarning ilmiy ishlari, ularni yakunlash va muvaffaqiyatli himoya qilish statistikasi tahlil qilindi.
Shuningdek, ilmiy tadqiqot mavzularining amaliy ahamiyati, ularning ijtimoiy va iqtisodiy sohalarga foyda keltirishi bo‘yicha dolzarb tavsiyalar berildi. Universitet rektori ilmiy izlanishlarda jamiyat ehtiyojlariga mos, yangilik va innovatsiyaga yo‘naltirilgan yondashuvlar muhimligini ta’kidladi.
Mazkur uchrashuv universitetda ilmiy muhitni mustahkamlash, yosh tadqiqotchilar salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qiluvchi muhim qadam bo‘ldi.