Namangan viloyatidagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari bilan universiteti o‘rtasida mustahkam hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida universiteti rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Yangiqoʻrgʻon tumani MMTB binosida uchrashuv oʻtkazdi.
Uchrashuvda universiteti birinchi prorektor Islomjon Odilov, Yangiqoʻrgʻon tumani MMTB boʻshligʻi Abdurashid Qayumov, boʻlim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda tumandagi barcha maktab direktorlari ishtirok etdilar.
Universitet rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev soʻzga chiqib, barcha oʻqituvchilarni kasb bayrami bilan samimiy tabriklab, hozirgi kunda yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda oʻqituvchi maqomini yuksak darajaga olib chiqish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, ta’lim tizimiga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlarni alohida ta’kidladi.
Uchrashuvda maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida yaqin hamkorlikni rivojlantirish, o‘quvchilarni oliy ta’limga qamrovini kengaytirish, ularning ilmga va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi.