Xorijlik talabalar o‘rtasida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.

Hurmatli xorijlik talaba-yoshlar!

📎O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-oktabrdagi PF–6084-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan xorijlik talabalar o‘rtasida “O‘zbek tili – qalbim tarjimoni” respublika ko‘rik-tanlovi tashkil etilmoqda.

⚫️Mazkur tanlovning Namangan davlat universiteti bosqichi joriy yilning 7-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi.

🔚Tanlovning maqsadi – xorijlik talabalar orasida o‘zbek tiliga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, o‘zbek tili va madaniyatini targ‘ib qilish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishdan iborat.

✅ Tanlovda ishtirok etish tartibi

Ko‘rik-tanlovda faqat xorijlik talabalar ishtirok etishi mumkin. Universitet bosqichida ishtirok etish istagini bildirgan talabalar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlariga murojaat qiling.

😊  Tanlov shartlari
1. Tanishtirish – ishtirokchi o‘zi haqidagi qisqacha ma’lumotni (3–5 daqiqa) o‘zbek adabiy tilida bayon qiladi.
2. Esse yozish – ishtirokchi o‘zbek xalqining tarixi, madaniyati va qadriyatlariga oid mavzulardan birini tanlab, lotin yozuvida kamida 200 so‘zli esse yozadi (90 daqiqa vaqt beriladi).

😊 Mukofot va imkoniyatlar

🟣 Filial bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar filial tomonidan rag‘batlantiriladi.
🟣 1-o‘rin sohibi keyingi – saralash bosqichida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Sizlarni ushbu nufuzli tanlovda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

💬 Tanlov nafaqat o‘zbek tilini chuqurroq o‘rganish, balki do‘stona muhitda o‘z iqtidor va qobiliyatingizni namoyish etish uchun ham katta imkoniyatdir.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image