4-oktyabr kuni Tashkent International University huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.22/29.12.2023.I.175.01 raqamli Ilmiy kengash asosida tuzilgan fan doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi Ilmiy kengash majlisida Abdullayev Zafarbek Safibullayevichning 08.00.07-“Moliya, pul muomalasi va kredit” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Tadbirkorlik sub’ektlarini rivojlantirishda soliq mexanizmi orqali barqarorlik reytingini aniqlashning metodologik asoslari” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.
š³ Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Himoya natijasida ochiq ovoz berish yo‘li bilan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Abdullayev Zafarbek Safibullayevichga iqtisodiyot fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.
ššUniversitetimiz nomidan Zafarbek Safibullayevichni ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati