Uychi tumanining kelajagi bugun maktablarda tarbiyalanmoqda.

Davlatimiz rahbarining 15-sentyabr kuni “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali tadbirida, shuningdek, Namangan viloyatiga tashrifi davomida viloyat faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishidagi belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash hamda Oliy ta’lim muassasalari va umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘rtasida mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida Namangan davlat universiteti rektori Abdugʻaffor Qirgʻizboyev Uychi tumanidagi maktab direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Mazkur uchrashuvda universitet birinchi prorektori Islomjon Odilov, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Xayotbek Kadirov, Uychi tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Eʼzoza Toʻraboyeva, universitetning bo‘lim boshliqlari, fakultet dekanlari hamda tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari ishtirok etdilar.

Tadbir davomida so‘zga chiqqan universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev mamlakatimizda ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor, yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar, Namangan davlat universitetida amalga oshirilayotgan islohotlar, ta’lim sifati hamda ilmiy salohiyatni oshirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Uchrashuvda maktab va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, o‘quvchilarning oliy ta’limga qamrovini kengaytirish, ularni ilm-fan va kasb-hunarga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida maktab direktorlarining taklif va mulohazalari tinglanib, ularni amalda qo‘llab-quvvatlash uchun mas’ul shaxslar belgilandi.

Ta’kidlanganidek, bugun maktab partasida bilim olayotgan o‘quvchi — ertangi kunda tumanning taqdirini belgilovchi shaxsdir. Uychi tumanining kelajagi ana shunday bilimli, tashabbuskor va fidoyi yoshlar qo‘lida.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image