Tibbiyot fakultetida «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari» mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Namangan davlat universiteti Tibbiyot fakultetida «Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari» mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuvda universitet birinchi prorektori Islomjon Odilov, profilaktika inspektorlari Dilmurod Karimov va Azizbek Toʻhtaboyev, DXX Namangan viloyat boshqarmasi tezkor xodimi Sh.Fayzullayev, Namangan viloyat IIB xodimi I.Najmiddinov, Tibbiyot fakulteti dekani o‘rinbosari Nodirbek Kodirov, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.

Mutaxassislar tomonidan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid solishi, jamiyatning iqtisodiy va ma’naviy negiziga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ko‘pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi uning ijtimoiy xavfliligini yanada oshirishi, ayniqsa, mazkur giyohvandlik vositalaridan jabr ko‘ruvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etayotganligi to‘g‘risida ma’ruzalar tinglandi. 

Yoshlarga giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida asoslantirilgan tushunchalar yetkazilib, ularda giyohvandlikka qarshi murosasizlik hissini yanada rivojlantirishga oid videofilmlar namoyish etildi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image