Namangan davlat universitetida xorijiy tillarni o‘rganish samaradorligini yanada rivojlantirish, professor-o‘qituvchilarning til kompetensiyasini oshirish maqsadida universitet rektori tashabbusi bilan o‘qituvchilar uchun intensiv ingliz tili kurslari yo‘lga qo‘yildi.
Mazkur kurslarga Jahon tillari fakultetining xalqaro miqyosda tajribaga ega, malakali professor-o‘qituvchilari jalb etilgan. Darslar A1, A2 va B1 darajalar bo‘yicha tashkil etilib, tinglovchilarning mavjud bilimlarini kamida ikki bosqich yuqoriga oshirish rejalashtirilgan.
Uch oy davom etadigan o‘quv jarayonining birinchi bosqichida 132 nafar professor-o‘qituvchi faol ishtirok etmoqda. Kurslar davomida tinglovchilarning so‘zlashuv, tinglab tushunish, yozma va o‘qish ko‘nikmalari bosqichma-bosqich rivojlantiriladi.
O‘quv yili yakuniga qadar universitetning barcha professor-o‘qituvchilari ingliz tili kurslari bilan qamrab olinadi. Bu tashabbus universitet jamoasining xalqaro maydonda faol ishtirok etishini, xorijiy ilmiy nashrlar bilan ishlash imkoniyatlarini kengaytiradi va ta’lim jarayonini global standartlarga yaqinlashtirishga xizmat qiladi.