Jahon tillari fakultetida talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakultetining 1-bosqich talabalari ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ota-onalarga universitetda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, talaba-yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar hamda ularning bilim olishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan turli tanlov va dasturlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida ota-onalar farzandlarining dars mashg‘ulotlaridagi ishtiroki, oliygohning ichki tartib-qoidalari, talabalar yotoqxonalaridagi shart-sharoitlar hamda ta’lim jarayoniga oid boshqa masalalar yuzasidan ham ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

Yig‘ilishda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i H. Xoshimov, Jahon tillari fakulteti dekani Q. Sidiqov, shuningdek, profilaktika inspektorlari Z. Karimova va D. Karimovlar ishtirok etishdi. Ular ota-onalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob berib, talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi faolligini yanada oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdilar.

Mazkur uchrashuv universitet, talaba va ota-onalar o‘rtasidagi samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash, o‘zaro muloqotni kuchaytirish va farzandlarning ta’limdagi muvaffaqiyatlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image