Iqtisodiyot fakultetida 2-3-kurs talabalari ota-onalari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda fakultet dekan o‘rinbosari A.To‘rayev, Menejment kafedra katta o‘qituvchisi A.Sidiqov, fakultet ta’lim-tarbiya maslahatchilari H.Xamidov, Z.Bahriddinov, M.Pulatova hamda talabalar ota-onalari ishtirok etdilar.
Fakultet ta’lim-tarbiya maslahatchisi H.Xamidov kirish so‘zi bilan chiqib, fakultetning faoliyati, erishilgan yutuqlar, yangi o‘quv yiliga qo‘yilgan vazifalar haqida ma’lumot berdi.
Tadbir so‘ngida ota-onalarga universitet faoliyatini aks ettiruvchi “Universitet-kecha va bugun” videoroligi namoyish etildi. Bu orqali ota-onalar universitetda yaratilgan sharoitlar haqida bevosita xabardor bo‘ldilar va farzandlari shu dargohda ta’lim olayotganidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.
Fakultetda 2025-2026 o‘quv yili uchun mo‘ljallangan tadbirlar dasturi asosida tadbirlar davom etmoqda.