Biotexnologiya fakultetida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi

2025-yil 15-oktabr kuni soat 13:00 da Namangan davlat universiteti Ma’naviyat va ma’rifat markazida Biotexnologiya fakulteti talabalari ota-onalarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda universitet birinchi prorektori Islomjon Odilov, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Saodat Usmanova, Komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i Umidjon Boyxanov, profilaktika inspektori Dilmurod Karimov, fakultet dekani Avazbek Batoshov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishni Biotexnologiya fakulteti dekani Avazbek Batoshov ochib berdi. Fakultet dekani o‘z chiqishida universitet ma’muriyati faoliyati, fakultet tuzilmasi, o‘quv jarayoni, fanlar bo‘yicha tashkil etilgan ta’lim tizimi hamda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, oliy ta’lim tizimiga oid Vazirlar Mahkamasining 824-, 578- va 149-sonli qarorlarining mazmun-mohiyati yuzasidan ota-onalarga tushunchalar berdi.

Tadbir davomida talabalarning o‘qish jarayoni, intizomi, odob-axloqi, ijtimoiy faolligi, iste’dodi va erishayotgan yutuqlari haqida so‘z yuritildi. Ota-onalar bilan o‘zaro samarali hamkorlikni yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilinib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida ota-onalar tomonidan bildirilgan mulohazalar fakultet ma’muriyati tomonidan inobatga olindi. Tadbir so‘ngida esa fakultetning iqtidorli talabalari tomonidan sahnalashtirilgan spektakl hamda kuy-qo‘shiqlar barchada ijobiy taassurot qoldirdi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image