Fizika-matematika fakultetida ota-onalar yig‘ilishi o‘tkazildi

2025-yil 15-oktabr kuni Namangan davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida talabalarning ota-onalari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fakultet dekani Bahromjon Abdulazizov, dekan o‘rinbosari Jo‘rabek Kalandarov, profilaktika inspektori A. To‘htaboyev, kafedra mudirlari, fakultet tyutorlari hamda talabalarning ota-onalari qatnashdilar.

Yig‘ilishda ota-onalarga universitetning ichki tartib-qoidalari, odob-axloq kodeksi, talabalar uchun berilgan imtiyozlar, shuningdek, kiyinish madaniyati va xotin-qizlarning tarbiyaviy masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, HEMIS axborot tizimida talabalarning davomati va o‘qish jarayoni nazorati, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish madaniyati, ijara xonadonlarida yashash sharoiti, qishki mavsumga tayyorgarlik hamda talabalar xavfsizligini ta’minlash masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.

Tadbir davomida ota-onalarning fikr va takliflari tinglanib, ular bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish, ta’lim-tarbiya jarayonida ularning faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Yig‘ilish so‘ngida ota-onalar universitet ma’muriyati va fakultet rahbariyatiga ta’lim jarayoniga e’tiborli yondashuv, talabalarga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda ularning xavfsizligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirdilar.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image