“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida adabiyot ahli bilan uchrashuv tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 22-iyuldagi 03-1370-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan davlat universitetiga biriktirilgan Namangan shahridagi 1-AFChOʻSMMIda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida mamlakatimizning taniqli ijodkorlari bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oʻzbekistonning mashhur yozuvchilari — Tohir Qahhor, Jabbor Eshonqul hamda Amir Xudoyberdi ishtirok etib, kitobxonlik madaniyati, o‘zbek adabiyotining bugungi taraqqiyot bosqichlari, yosh avlodning badiiy didini shakllantirish borasida fikr-mulohazalar bildirdilar.

Uchrashuv davomida maktab o‘quvchilari tomonidan ona yurt va milliy qadriyatlarni ulug‘lovchi she’rlar ijro etildi. Yozuvchilar tomonidan adabiy tafakkurni rivojlantirish, ijodga bo‘lgan qiziqishni qo‘llab-quvvatlash va kitob o‘qish madaniyatini kengaytirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tadbir ishtirokchilari uchun bu uchrashuv nafaqat adabiyotga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamladi, balki ijodkorlar bilan bevosita muloqot qilish, o‘z qiziqtirgan savollariga javob olish imkoniyatini ham yaratdi.

Ushbu ma’rifiy uchrashuv yoshlarning ma’naviy olamini boyitish, bilimga chanqoqligini oshirish hamda milliy adabiyotimizga e’tiborni kuchaytirishga xizmat qildi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image