Kuz–qish mavsumi oldidan talabalar turar joyi holati o‘rganildi

Namangan davlat universitetiga Yoshlar siyosati va ma’naviy-tarbiyaviy ishlar boshqarmasi boshlig‘i Nodir Kasimov tashrif buyurdi. 

Tashrif davomida universitetda talabalarning yashash sharoitlari, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, talabalar turar joylarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.

Talabalar bilan samimiy muloqot olib borilib, ularning taklif va mulohazalari atroflicha tinglandi. Talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar yuqori darajada ekani, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligi taʼkidlandi. 

Shuningdek, talabalarning taʼlim olish jarayoni va turmush sifati yanada yaxshilanishi uchun qo‘shimcha tavsiyalar berildi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image