Namangan davlat universiteti Fizika-matematika fakultetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi Odiljon Mamatkarimov ishtirokida “Senator va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida senator tomonidan yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim jarayonida yaratilayotgan imkoniyatlar hamda davlat dasturlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuv jarayonida yurtimizda yoshlar siyosati yo‘nalishida amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati, yoshlarni innovatsion fikrlashga yo‘naltirish hamda ilmiy salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.