Namangan davlat universiteti San’at va sport fakultetida “O‘zbek yigiti — Mustaqillik posboni” mavzusiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Namangan viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi faxriylar bilan ishlash bo‘yicha kengash raisi o‘rinbosari Nozim Ismoilov, To‘raqo‘rg‘on tuman Mudofaa ishlari bo‘yicha faxriylar kengashi raisi Abdullajon Ergashov, universitet Korrupsiyaga qarshi komplaens-nazorat bo‘limi boshlig‘i Umidjon Boyxonov, universitet profilaktika inspektorlari Zuxra Karimova va Dilmurod Karimov, fakultet dekani Ne’matjon Karimov, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida mehmonlar yoshlar bilan Vatanga muhabbat, sadoqat, jasorat, intizom kabi yuksak ma’naviy qadriyatlar haqida suhbatlashdilar. Shuningdek, ular o‘zlarining hayotiy tajribalari asosida vatanparvarlik, harbiy xizmatning sharafi, jamiyat taraqqiyotida yoshlarning tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berdilar.
Tadbir yakunida mehmonlar mamlakat taraqqiyoti, xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida xizmat qilish har bir yoshning muqaddas burchi ekanini ta’kidladilar.