Universitet rektori talabalar bilan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyiga tashrif buyurdi

Namangan davlat universiteti talabalari universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev boshchiligida To‘raqo‘rg‘on tumanida joylashgan Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi bilan tanishdilar. 

Universitet rektori sovet tuzumi davrida qatag‘onga uchragan ajdodlarimiz hayoti, ularning fojiali taqdiri hamda o‘sha davrda yuz bergan siyosiy jarayonlar, ulardan qolgan ma’naviy-ma’rifiy meros haqida talabalarga batafsil ma’lumotlar berdi.

Talabalar muzeyda saqlanayotgan tarixiy hujjatlar, arxiv materiallari, shaxsiy buyumlar va suratlar orqali o‘sha davrning siyosiy jarayonlari, xalq boshiga tushgan og‘ir sinovlar, ilm-ma’rifat ahli boshdan kechirgan tazyiqlarni chuqur his qildilar.

Tashrif yakunida talabalar milliy tarixni chuqur o‘rganish va tarixiy xotirani asrash muhimligini qayd etilib, mazkur tashrif ular uchun katta ma’naviy saboq bo‘lganini ta’kidladilar.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image