Namanganda “Besh tashabbus olimpiadasi” yakuniga yetdi!

Namangan viloyatida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan voleybol bo‘yicha hududiy bosqich o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqada viloyatimizdagi barcha oliygohlardan talaba-yoshlar ishtirok etib, jamoalari sharafi uchun qizg‘in va murosasiz bahslarda kuch sinashdi. Bellashuvlar yuqori sport mahorati, jamoaviy uyg‘unlik va yuksak tayyorgarlik ruhida o‘tdi.

Yakuniy natijalar:

Qizlar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin — Namangan davlat universiteti
🥈2-o‘rin — “Turon” xalqaro universiteti
🥉3-o‘rin — Namangan davlat texnika universiteti

O‘g‘il bolalar o‘rtasida:
🥇1-o‘rin — Namangan davlat universiteti
🥈2-o‘rin — Namangan davlat pedagogika instituti
🥉3-o‘rin — Namangan davlat texnika universiteti

G‘olib va sovrindor jamoalar diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Mazkur musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, do‘stlikni mustahkamlash hamda iste’dodli sportchilarni kashf etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image