O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘iga muvofiq, Namangan davlat universitetida “Kelajak soati” rukni doirasida har hafta “Ma’rifat darslari” muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
Joriy haftada talabalarda bag‘rikenglik, insonparvarlik, millatlararo totuvlik va o‘zaro hurmat madaniyatini shakllantirish maqsadida “Bag‘rikenglik” mavzusida ma’rifat soati darslari o‘tkaziladi.
“Ma’rifat darslari” materiallarini milliytarbiya.uz platformasi orqali olishingiz mumkin.
Mazkur jarayon “Kelajak soati” rukni samaradorligini oshirish va yoshlar ongida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan muhim tashabbusdir.