Namanganda ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi

Bugun Namangan viloyatining Davlatobod tumani, Yangi Namangan shaharchasi markaziy ko‘chasida “Eco – Save Aral-2025”, “Talaba yugur” va “O‘quvchi yugur” ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.

Mazkur sport tadbiri O‘zbekiston Yengil atletika federatsiyasi, Namangan viloyati hokimligi, viloyat Sport boshqarmasi, Yoshlar ishlari boshqarmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi viloyat boshqarmasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi hamda Bojxona boshqarmasi hamkorligida tashkil etildi.

Marafonda viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari, jumladan Namangan davlat universiteti talaba-yoshlari, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar faol ishtirok etishdi. 

Musobaqa yakunida g‘oliblar va faol ishtirokchilar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image