Namangan davlat universitetida Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri bo‘lib o‘tdi

17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Namangan viloyat musiqali drama va komediya teatrida Namangan davlat universitetiga joriy o‘quv yilida talabalikka qabul qilingan birinchi bosqich talabalari uchun tantanali “Talabalikka bag‘ishlov” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirni universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev ochib, 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni bilan talaba-yoshlarga samimiy tabrik so‘zlarini yo‘lladi.

Shundan so‘ng, birinchi bosqich talabalari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Talabalar tomonidan sahnada ijro etilgan chiqishlar tadbirga yig‘ilgan mehmonlar va professor-o‘qituvchilar tomonidan iliq kutib olindi.

Tadbirning yakunida birinchi bosqich talabalari tomonidan talabalar qasamyodi qabul qilindi. Qasamyodda yoshlar ilm olish, universitet qadriyatlarini hurmat qilish, bir-birlariga hurmat va do‘stlikni asrashga so‘z berishdi.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image