Ismatov Abror Muydinjonovich dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

Namangan davlat universiteti huzuridagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy daraja beruvchi PhD.03/30.04.2021. F.76.06 raqamli Ilmiy kengash majlisida Ismatov Abror Muydinjonovichning 09.00.04 - Ijtimoiy falsafa ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Axborotlashgan jamiyatda shaxsning ijtimoiylashuvi (ijtimoiy-falsafiy tahlil)” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilindi.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan tadqiqot muhim va dolzarb ilmiy muammo sifatida e’tirof etildi, ilmiy-nazariy hamda amaliy jihatdan yuqori baholandi. Himoya natijasida ochiq ovoz berish yo‘li bilan dissertatsiyaga ijobiy baho berildi va Ismatov Abror Muydinjonovichga falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish tavsiya etildi.

Universitetimiz nomidan Abror Muydinjonovichni ushbu muvaffaqiyati bilan chin dildan tabriklaymiz, hamda kelgusi ishlarida bardavomlik tilaymiz.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image