Namangan davlat universiteti Filologiya fakultetida “Jaholatga qarshi – ma’rifat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Uchrashuvda Namangan viloyati hokimining jamoat va diniy tashkilotlar bilan aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Jamshid Xatamov, Namangan davlat universiteti rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev, fakultetlarning yoshlar taʼlim-tarbiyasiga masʼul dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, yoshlar yetakchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Davra suhbati davomida Vatanni sevish, ota-ona va ustozlarga hurmat ko‘rsatish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, diniy ekstremizm va aqidaparastlik oqimlarining zararli ta’siriga tushib qolmaslik, ijtimoiy tarmoqlardan oqilona foydalanish, shuningdek, buyuk ajdodlarimizning ilmiy merosi bilan muntazam tanishib borish kabi masalalar yuzasidan batafsil fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida talabalar tomonidan berilgan savollarga hayotiy misollar asosida atroflicha javoblar berildi. Mazkur uchrashuv yoshlarning dunyoqarashi va ma’naviy immunitetini mustahkamlashga xizmat qildi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati