Namangan davlat universiteti talabalarining yashash sharoitlarini o‘rganish, ayniqsa kuz–qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga to‘liq rioya etilishi boʻyicha nazoratni kuchaytirish maqsadida universitet rektori Abdug‘affor Qirg‘izboyev Yuksalish massivida joylashgan ijara xonadonlarida istiqomat qilayotgan talabalarning holidan xabar oldi.
Tashrif davomida universitet rektori talabalar bilan suhbatlashdi, ularning yashash sharoitlari, maishiy qulayliklari, isitish va ventilyatsiya tizimlari holatini o‘rgandi.
Shuningdek, xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi, ijarada yashovchi talabalarga zarur qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar yuklatildi.
Universitet rahbariyati mazkur yo‘nalishdagi monitoring ishlarini tizimli ravishda davom ettirishi, talabalar uchun munosib yashash sharoitlarini yaratish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rishi ta’kidlab o‘tildi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati