Universitetning Biologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari xorijiy xalqaro o‘quv kursida ishtirok etishmoqda

Xitoy Xalq Respublikasi Xitoy Fanlar Akademiyasi Gidrobiologiya Institutining rasmiy taklif xatiga asosan, Namangan davlat universiteti Biologiya kafedrasi dotsenti Egamberdiyev Mexmonjon hamda kafedraning katta o‘qituvchisi Ikramov Nuriddin Xitoy Fanlar Akademiyasi Gidrobiologiya Institutida tashkil etilgan xalqaro o‘quv kursida ishtirok etishmoqda.

Mazkur o‘quv kursi “Suv biologik identifikatsiyasi va eDNK ma’lumotlarini tahlil qilish” yo‘nalishida olib borilmoqda va ishtirokchilarga suv ekotizimlari monitoringi, DNK asosida tur identifikatsiyasi, zamonaviy laboratoriya texnologiyalari hamda xalqaro ilmiy tadqiqotlarda qo‘llaniladigan metodlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim berishni maqsad qiladi.

Ushbu trening “Bir makon, bir yo‘l” tashabbusi doirasida, shuningdek, rivojlanayotgan davlatlar uchun ilm-fan va texnologiyalar sohasidagi xalqaro o‘quv dasturi (Xitoy Fanlar Akademiyasining Xalqaro hamkorlik byurosi) orqali tashkil etilmoqda.

Biologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilarining ushbu xalqaro kursda ishtiroki ilmiy hamkorlik aloqalarini kengaytirish, zamonaviy ilmiy-uslubiy tajribalarni o‘zlashtirish va ularni universitet ta’lim jarayoniga tatbiq etish imkonini yaratadi.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image