“Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovi final bosqichining ilk kuni yakunlandi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichi o‘tkazilmoqda. 

Bugun kun davomida “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi”, “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra” hamda “Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi” nominatsiyalari nomzodlarining taqdimotlari bo‘lib o‘tdi.

Quvonarli jihati shundaki, “Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasida Namangan davlat universiteti Registrator ofisi bo‘limi boshlig‘i Narimon Dexkanov final bosqichining 2-sharti doirasida o‘zining ma’naviy, mafkuraviy, siyosiy va huquqiy targ‘ibot yo‘nalishidagi samarali faoliyati bilan hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholandi va birinchi o‘ringa loyiq deb topildi. (https://t.me/yoshlareduuz/19159)

Ushbu yuksak natija munosabati bilan Narimon Dexkanov BHMning 45 barobari miqdoridagi pul mukofoti hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Namangan davlat universiteti jamoasi nomidan Narimon Dexkanovni ushbu munosib g‘alaba bilan chin dildan tabriklaymiz! Kelgusidagi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar, ijodiy kuch-quvvat va yangi yutuqlar tilaymiz.

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image