Namangan davlat universiteti Filologiya fakultetida Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili yo‘naishi 2-bosqich talabalari o‘rtasida “Slavyanskiy prazdnik” tanlov tadbiri tashkil etildi. Tadbir Rus tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi, filologiya fanlari bo‘yicha mutaxassis Islamova Dilorom tashabbusi bilan o‘tkazildi.
Mazkur tadbir talabalarning slavyan xalqlari madaniyati, tarixi va an’analari haqidagi bilimlarini kengaytirish, rus tilidan amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ularning ijodiy faolligini oshirishga xizmat qildi.
Talabalarning ijodiy chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan odilona va yuqori baholandi. Tadbir yakunida fakultet dekani Obitxon Xusanxo‘jayev tashkiliy jamoaga va ishtirokchi talabalarga minnatdorchilik bildirib, fakultet tomonidan belgilangan sovg‘alarni topshirdi.
Namangan davlat universiteti Axborot xizmati