“Xavfsizlik — hayot garovi”

Namangan davlat universiteti Jahon tillari fakultetida Yo‘l harakati xavfsizligi xodimlari bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Namangan viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i Boymirzayev Botirjon Mahammadjonovich, universitet profilaktika inspektori Karimov Dilmurod Abdulhafizovich, fakultet dekan o‘rinbosari va tyutorlar ishtirok etdi.

Davra suhbatida talabalar yo‘l harakati qoidalari, xavfsiz yo'lak madaniyati va yo‘l-transport hodisalarining oldini olish bo‘yicha amaliy maslahatlar oldi.

Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarni xavfsiz hayot tarziga targ'ib qilish va yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishga undashdir.

Namangan davlat universiteti Axborot xizmati

Home Book

"Digital library"

www.namdu.uz

Start learning from the "Digital Library" system.

image